Lionel Messi va Deni Buanga Ligalar kubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.
"Inter Mayami" hujumchisi "Atletiko San-Luis"ga qarshi o‘yinda (4:2) dubl qayd etdi.
"Los-Andjeles" forvardi esa "Gvadalaxara" bilan bahsda (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:4) bitta gol urdi.
Messi hisobida musobaqaning 12 ta o‘yinida 14 ta gol bor. Buanga esa 13 ta o‘yinda 14 ta gol urishga erishgan.













