Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Karrager Salohning o‘tishini baholadi: «Turkiya chempionati — juda past daraja»

Karrager Salohning o‘tishini baholadi: «Turkiya chempionati — juda past daraja»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager hujumchi Muhammad Salohning tanloviga izoh berdi. Misrlik futbolchi faoliyatini Turkiyaning «Trabzonspor» klubida davom ettiradi.

«Men uni Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi deb hech qachon o‘ylamagandim, chunki u buning uchun juda yaxshi futbolchi. Menimcha, u Seriya A da o‘ynashi mumkin edi. Men uchun Turkiya chempionati — juda past daraja. U «Milan», «Yuventus» yoki shunga o‘xshash boshqa bir klubda paydo bo‘lishiga amin edim. Ehtimol, uning maosh bo‘yicha talablari muammo tug‘dirgandir», — deydi Karragerning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Onefootball.

Saloh 9 yillik faoliyatidan so‘ng erkin agent sifatida «Liverpul»ni tark etdi.

Kiritildi: 14:20, 06.08.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик