Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Shotlandiyadagi Hamdo‘stlik o‘yinlaridan so‘ng Uganda va Pokiston bokschilari g‘oyib bo‘ldi

Shotlandiyadagi Hamdo‘stlik o‘yinlaridan so‘ng Uganda va Pokiston bokschilari g‘oyib bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Shotlandiya polisiyasi Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik o‘yinlaridan so‘ng o‘z vataniga qaytib ketmagan xorijlik sportchilar bo‘yicha tergov harakatlarini boshladi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yo‘qolib qolgan sportchilar Uganda va Pokiston boks terma jamoasi a’zolaridir.

4 avgust, seshanba kuni kechqurun Shotlandiya polisiyasi vakili bu borada rasmiy ma’lumot berdi:

“Polisiyaga bir necha sportchining bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar kelib tushdi. Hozirda holatni o‘rganish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda va Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan”.

Ugandaning NBS Sport nashri xabariga ko‘ra, mamlakatning olti kishidan iborat boks terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi jamoaning qaytish reysidan oldin g‘oyib bo‘lgan. Ulardan biri telekanalga o‘zining boshpana so‘rash niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Pakistan Today nashrining yozishicha, pokistonlik bokschilardan biri ham vataniga qaytuvchi samolyotga chiqmagan.

Hamdo‘stlik o‘yinlaridan so‘ng sportchilarning yo‘qolib qolishi bilan bog‘liq holatlar so‘nggi yillarda tez-tez uchrab turadi. Eslatib o‘tamiz, 2014-yilgi Glazgo o‘yinlaridan beri ushbu nufuzli musobaqalar asosan Avstraliya yoki Britaniyada o‘tkazib kelinmoqda.

Masalan, 2018-yilda Avstraliyaning Gold-Kost shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan so‘ng ham shunday holat kuzatilgan. Musobaqa yakunlanganidan bir oy o‘tib ham rasmiylar 50 nafar sportchi va delegasiya a’zolarini qidirayotgan edi, yana 190 kishi esa boshpana so‘rab rasman murojaat qilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Glazgoda 11 kun davom etgan joriy yilgi Hamdo‘stlik o‘yinlarida dunyoning 74 ta davlatidan kelgan 3000 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:44, 06.08.2026.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик