Yengil vazn toifasida UFC reytingining ikkinchi raqami, Armaniston va Rossiya sharafini himoya qiluvchi Arman Sarukyan 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) bo‘lib o‘tadigan UFC 331 turnirida braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.
Arman Sarukyan va Maurisio Ruffi jangi turnirning hamasosiy voqeasi (co-main event) bo‘ladi.
Arman Sarukyan 29 yoshda. Rossiyalik jangchining hisobida MMAda 23 ta g‘alaba bo‘lib, ularning 15 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan, shuningdek, uchta mag‘lubiyat bor. Sarukyan aralash yakkakurashlar bo‘yicha professional debyutini 2015 yilning sentyabrida o‘tkazgan, UFC’da esa 2019 yilning aprelidan beri ishtirok etib kelmoqda. Sportchi erkin kurash va MMA bo‘yicha sport ustasi unvoniga ega.
UFC’dagi oxirgi jangida Sarukyan Den Xukerni mag‘lub etgan edi.













