«Galatasaroy» «Milan» bilan Leau transferi bo‘yicha kelisha olmagan taqdirda, «Arsenal» vingeri Gabriel Martinellini muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Janluka di Marsio xabar berishicha, braziliyalik futbolchi Istanbul klubining short-listiga kiritilgan. Shu bilan birga, ko‘p narsa «Arsenal»ning pozisiyasiga bog‘liq bo‘ladi, chunki Martinelli sotilgan taqdirda «kanonirlar» o‘z futbolchisiga o‘rinbosar izlashlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq «Galatasaroy» Rafael Leau bo‘yicha «Milan»ga taklif bilan chiqqan edi, ammo Italiya klubi uni yetarli emas deb topdi. Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchining o‘zi ham Turkiyaga ko‘chib o‘tish ehtimoli bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.













