Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Chelsi» Malo Gyustoni sotishga tayyor, ammo yuqori narx xaridorlarni cho‘chitmoqda

«Chelsi» Malo Gyustoni sotishga tayyor, ammo yuqori narx xaridorlarni cho‘chitmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» o‘ng qanot himoyasida o‘yinchilar ko‘payib ketgani sababli Malo Gyustoni sotishga tayyor, deb xabar beradi RMC Sport.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi italiyalik Marko Palestra uchun 50 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflab, u bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolagan holda asosiy urg‘uni unga qaratmoqda. Bundan tashqari, Ris Jeyms sog‘lom bo‘lgan paytda jamoa sardori va asosiy o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib qolaveradi. Shu sababli, loyiq taklif tushsa, klub Gyustoni qo‘yib yuborishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, 23 yoshli fransuzga Yevropaning bir nechta grand klublari qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha hech kim rasmiy taklif bilan chiqmagan. Xaridorlarni «Chelsi» talab qilayotgan summa — 75 million funt sterling cho‘chitmoqda. Ko‘pchilik bu narxni haddan tashqari oshirib yuborilgan deb hisoblaydi.

Futbolchiga qiziqayotgan jamoalar orasida «Manchester Siti» ham bor, biroq «shaharliklar» buncha pul to‘lashga tayyor emas. Shuningdek, «Pari Sen-Jermen»ning qiziqishi haqidagi xabarlar asossiz ekani, Parij klubi o‘ng qanot himoyachisi qidirmayotgani aytilmoqda.

Gyustoning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi yana uch yilga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:41, 07.08.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик