«Manchester Siti» 34 yoshli darvozabon Xeronimo Ruli transferi bo‘yicha «Marsel» klubi bilan prinsipial kelishuvga erishdi, deb xabar beradi L’Equipe. Kelishuv summasi 3,5 million yevroni tashkil etadi.
Argentinalik posbon juma yoki shanba kuni Angliyaga yo‘l oladi. «Marsel» esa uning o‘rniga o‘rinbosar sifatida Marchin Bulka nomzodini ko‘rib chiqmoqda — Fransiya klubi «Neom»ga darvozabonni ijaraga olish bo‘yicha taklif yuborib bo‘lgan.
O‘tgan Liga 1 mavsumida Ruli 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.













