Qozog‘iston futbol federasiyasi (KFF) niderlandiyalik 62 yoshli mutaxassis Jon van't Sxip bilan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Rahbariyat Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng mutaxassis bilan rasmiy shartnoma imzolanishini ma’lum qildi.
Futbolchilik faoliyati davomida van't Sxip «Ayaks» va Italiyaning «Jenoa» klublarida to‘p surgan. U 4 karra Niderlandiya chempioni va 3 karra mamlakat kubogi sohibi hisoblanadi. Shuningdek, 1988 yilda Niderlandiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan.
Murabbiylik faoliyatida u «Ayaks», «Tvente», «Zvolle», Mexikoning «Gvadalaxara» va Avstraliyaning «Melburn Siti» klublariga ustozlik qilgan. Bundan tashqari, Gresiya hamda Armaniston milliy terma jamoalarini ham boshqargan.













