Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya terma jamoasi hujumchisiga ayblov qo‘yildi

Angliya terma jamoasi hujumchisiga ayblov qo‘yildi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Axli» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ayvan Toni Londonning tungi klublaridan birida sodir bo‘lgan insidentdan so‘ng tan jarohati yetkazishda ayblandi.

TalkSport xabariga ko‘ra, ayblov 2025 yil 6 dekabrda sodir bo‘lgan mushtashuv bilan bog‘liq. Tergov taxminiga ko‘ra, Toni klub tashrif buyuruvchisiga kalla bilan zarba bergan. Dekabr oyida futbolchi voqea joyida qo‘lga olingan, keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi.

«Nortgemptonlik 30 yoshli Ayvan Toniga 31 iyul kuni badanga shikast yetkazish orqali hujum qilish ayblovi e’lon qilindi.

U 24 sentyabr kuni Vestminster magistrat sudi oldida javob beradi.

Ayblov 2025 yil 6 dekabrda Uordor-stritdagi tungi klubda sodir etilgani aytilayotgan hujum bilan bog‘liq», — deyiladi London polisiyasi bayonotida.

Avvalroq, mojaro oldidan klub tashrif buyuruvchisi Toni bilan selfiga tushish uchun uning bo‘ynidan ushlashga harakat qilgani xabar qilingan edi. Insidentdan so‘ng jabrlanuvchiga tibbiy yordam kerak bo‘lgan.

Toni 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasidan o‘rin olgan va Fransiyaga qarshi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda (6:4) asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 15:08, 07.08.2026.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик