Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Flik nega Rodri transferini istayotgani aytildi

Flik nega Rodri transferini istayotgani aytildi

Baho:
+1 | -

«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha so‘nggi 24 soat ichida jiddiy ilgarilashga erishdi.

Jahon chempioni va 2024 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Kataloniya klubining aniq va jiddiy qiziqishidan xabar topgach, anchadan beri unga da’vogarlik qilib kelayotgan «Real Madrid» taklifini rad etdi. Ispaniyalik futbolchi «Barselona» bilan 4 yillik shartnoma va taklif etilgan maosh miqdoriga rozilik bergan.

Hozirda «blaugrana» transfer summasini imkon qadar tezroq hal qilish uchun «Manchester Siti» bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Diario Sport nashri ushbu transferda bosh murabbiy Hansi Flikning roliga alohida to‘xtaldi. Nemis mutaxassisi Rodriga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, o‘z taktik rejalarini tushuntirib bergan.

Flikning bu transferni talab qilishiga ikkita asosiy sabab bor:

  1. Murabbiy juda yosh tarkibga yuqori saviyadagi va elita darajadagi tajribani olib kirishni mutlaq ustuvor vazifa deb hisoblaydi.

  2. Flik Chempionlar Ligasining hal qiluvchi paytlarida kiyinish xonasida yetakchilik sifatlari yetishmayotganini ta’kidlamoqda. Robert Levandovskining jamoadan ketishi esa bu muammoni yanada kuchaytirgan.

Kiritildi: 16:10, 07.08.2026.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик