Mahoratli yarim himoyachi Bilolxon Toshmirzayev faoliyatini yana Farg‘onaning «Neftchi» klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 yoshli futbolchi va «Neftchi» rahbariyati o‘rtasida 1,5 yilga mo‘ljallangan rasmiy shartnoma tuzilgan.
Iqtidorli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Farg‘ona jamoasining chemponlikni qo‘lga kiritishi va muvaffaqiyatli odimlashida muhim o‘rin tutgan edi. Klub mutasaddilari Toshmirzayevning qaytishi jamoaning hujum chizig‘idagi salohiyatini yanada oshirishiga ishonch bildirmoqda.













