«Liverpul» Fransiyaning «PSJ» klubiga fransuz hujumchisi Bredli Barkola transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.
L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, Angliya klubi futbolchi uchun taxminan 115 million yevro to‘lashga tayyor. Mersisaydliklar yaqin orada parijliklarga rasmiy taklif yuborishadi.
Shu bilan birga, «PSJ» ushbu taklifni rad etishi kutilmoqda. Parij klubi Barkolani ehtimoliy bonuslarni hisobga olmagan holda 150 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda. Ilgari Fransiya grandi o‘yinchi bilan xayrlashishni umuman rejalashtirmagan edi, ammo endi uni katta summa evaziga sotishni ko‘rib chiqishga tayyor. Barkolaning «PSJ» bilan shartnomani uzaytirmaslik haqidagi qaroridan so‘ng uning kelajagi atrofidagi vaziyat o‘zgardi. Fransuz futbolchisining amaldagi kelishuvi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













