Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Moryentes «Real Madrid»ning Rodri bo‘yicha pozisiyasini keskin tanqid qildi

Moryentes «Real Madrid»ning Rodri bo‘yicha pozisiyasini keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq hujumchisi Fernando Moryentes El Partidazo de COPE ko‘rsatuvi efirida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri atrofidagi vaziyatga munosabat bildirib, Madrid klubi rahbariyatini tanqid qildi.

Uning fikricha, «qirollik klubi» aslida ispaniyalik yarim himoyachini sotib olish uchun yetarlicha harakat qilmagan va endi aybni futbolchining «Barselona» uslubini tanlaganiga ag‘darishga urinmoqda.

«Bu shunchaki hazil. Bizni ahmoq o‘rnida ko‘rishmoqda. Ochiq-odin ko‘rinib turibdiki, «Real» aslida Rodrini sotib olishni istamagan.

«Real» bu kabi darajadagi futbolchilarni shunchaki o‘tkazib yubormaydi. Klub 14 yoshli o‘ng qanot himoyachisini e’tiborsiz qoldirishi mumkindir, ammo bunday miqyosdagi o‘yinchini emas.

«Real» bu transfer uchun bor imkoniyatini ishga solmadi. Endi esa javobgarlikni Rodriga yuklab, go‘yoki u o‘yin uslubi sabab «Barselona»ni tanladi deyishmoqda. Futboldan xabari borlar uchun bu shunchaki bema’ni hazil.

Katta saviyadagi futbolchini sotib olishni chin dildan istaganida, «Real» bunga hamisha erishgan. Luish Figu, Zinedin Zidan, Maykl Ouen, Ronaldo olib kelingan... Shunday ekan, endi hech kim menga Rodri shunchaki boshqa klubda o‘ynashni istagan deb aytmasin», — dedi Moryentes.

Kiritildi: 19:10, 07.08.2026.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик