Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

40 ming dollar mukofot: Javohir Sindorov nufuzli turnirda ikkinchi bo‘ldi

40 ming dollar mukofot: Javohir Sindorov nufuzli turnirda ikkinchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

AQSHning Sent-Luis shahrida nufuzli “Grand Chess Tour” seriyasining navbatdagi bosqichi — “Saint Louis Rapid & Blitz 2026” turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa chempionligi uchun hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandha hamda o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov o‘rtasida keskin kurash kechdi.

Turnirning hal qiluvchi pallasida Sindorov chempionlik uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini saqlab qolgan edi. Biroq 17-turda aynan Praggnanandhaga qarshi kechgan markaziy bahs durang bilan yakunlandi. Ushbu natija hindistonlik grossmeysterga musobaqa tugashiga bir tur qolganida chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirish imkonini berdi.

Shu tariqa, Rameshbabu Praggnanandha faoliyatida ilk bor “Saint Louis Rapid & Blitz 2026” turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga u 50 ming AQSH dollari mukofot puli hamda“Grand Chess Tour” umumiy reytingi uchun muhim ochkolarga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov esa musobaqa davomida barqaror va yuqori saviyadagi o‘yini bilan e’tibor qozondi. U turnirni ikkinchi o‘rinda yakunlab, 40 ming AQSH dollari mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Sindorov musobaqa davomida Praggnanandhaning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib qoldi va chempionlik uchun kurashni so‘nggi turgacha davom ettirdi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:10, 07.08.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик