Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Kivu — «Inter» haqida: «Hamma yutishni xohlaydigan jamoa»

Kivu — «Inter» haqida: «Hamma yutishni xohlaydigan jamoa»

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu yaqinlashib kelayotgan yangi mavsum starti oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda milanliklar klubining media-xizmatiga tayanib FotMob xabar bermoqda.

«Inter» 2025/26 yilgi mavsumda eng yaqin ta’qibchisi «Napoli»ni 11 ochkoga ortda qoldirib, 21-chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Ruminiyalik mutaxassis navbatdagi chempionlik uchun kurashda asosiy raqib nomini hozircha ayta olmasligini ta’kidladi.

«Men hozircha bu savolga javob bera olmayman. Bular amaldagi chempionning ishini qiyinlashtirmoqchi bo‘lgan o‘sha-o‘sha klublardir. Hozirda aynan biz — hamma yutishni xohlaydigan jamoamiz. Chempionat startiga kolgan bir necha hafta ichida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Hozirgi paytda eng muhimi — futbolchilarimizning jismoniy holatida deyarli hech qanday muammo yo‘q. Bu eng ijobiy holat va biz bundan mamnunmiz», — deya qo‘shimcha qildi Kivu.

A Seriyaning yangi mavsumi boshlanguniga qadar «Inter» yana ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi — «Yuventus» va «Betis»ga qarshi. Milanliklar chempionlik unvonini himoya qilishni 22 avgust kuni elita divizionining yangi a’zosi «Monsa»ga qarshi o‘z maydonidagi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 03:15, 08.08.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик