«Xoffenxaym» hujumchisi Fisnik Asllanining «RB Leypsig»ga transferi amalga oshmaydi. Bu haqda NTV Sport xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar kelishuv shartlarini to‘liq muvofiqlashtirib olishgan edi. 23 yoshli futbolchi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishi, «RB Leypsig» esa o‘yinchining shartnomasida ko‘rsatilgan 25 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashni rejalashtirgan edi. Biroq so‘nggi bosqichda Leypsig klubida paydo bo‘lgan tibbiy xavotirlar sababli transfer bekor qilindi.
O‘tgan mavsumda Asllani klub miqyosida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













