Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Arsenal» «PSJ» futbolchisi uchun «Liverpul» bilan raqobatlashadi

«Arsenal» «PSJ» futbolchisi uchun «Liverpul» bilan raqobatlashadi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkola uchun kurashga qo‘shildi.

23 yoshli futbolchi uchun kurashda «Liverpul» favorit bo‘lib turibdi va ular fransiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Shunga qaramay, The Sun nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, «kanonirlar» o‘yinchi uchun kurashda mersisaydliklarga raqobat tug‘dirishga tayyor.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Bredli Barkolaning qiymati 90 million yevroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, «PSJ» bundan ancha ko‘p — 150 million yevro atrofida so‘ramoqda. Bunday talabni potensial xaridorlardan birortasi qondira olishi dargumon.

Kiritildi: 03:20, 08.08.2026.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик