Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Timur Kapadze: “Eng asosiysi - g‘alaba qozonganimiz”

Timur Kapadze: “Eng asosiysi - g‘alaba qozonganimiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (0:1) jamoalri o‘rtasidagi uchrashuvdan kesingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Hozir eshitdim, avvalo oldingi Muxlislar klubimiz raisi Abdulla akaning vafot etganliklari uchun butun jamoa nomidan ta’ziya bildiramiz. Fidoyi muxlisimiz edi, joylari jannatdan bo‘lsin.

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, qiyin bahs bo‘ldi. “Surxon” osonlikcha ochko bermasligini bilardik va raqibimiz barcha bellashuvlarda yaxshi kurashmoqda. Termizliklar to‘p bilan yaxshi muomala qilishadi, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. O‘tgan uchrashuvdagi beshta goldan keyin yigitlarda bo‘shashish holatlari bo‘lishi mumkin edi. Yigitlarga bizni qiyin o‘yin kutayotganini tushuntirdim va shunday bo‘ldi ham. Albatta, imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, balki, gollar urganimizda osonroq ham bo‘lardi. Lekin eng asosiysi — g‘alaba qozonganimiz. Kelgan muxlislarga rahmat aytaman, ular bizni zo‘r qo‘llab-quvvatlashdi, ularni xursand qildik. Qiyin holatga tushib qolganida, ikkala jamoa ham kurashdi. Muxlislar balki ko‘proq gol kutishgandir. Lekin 1:0 ga mos o‘yin bo‘ldi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— So‘nggi uch o‘yinda asosiy tarkib o‘zgarmadi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Agarda jarohat bo‘lsa yoki kimdir yaxshiroq o‘ynay olmasa, asosiy tarkibni o‘zgartiraman. Bu tarkib ritmda yaxshi ketyapti. Futbolchilar ham yaxshi o‘ynashdi. Hech kim kasal emasligi va barcha sog‘lomligi sababli, asosiy tarkibga tegmadik. Zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchilar asosiy tarkibga qo‘shilishsa ham o‘yin unchalik o‘zgarmaydi. Tarkibda yaxshi futbolchilar jamlanishgan, barcha bir-biriga munosib. Har to‘rt kunda o‘yin, ular bir-birlariga moslashib ketishgani uchun tarkibga o‘zgartirish kiritmadik. O‘yindan o‘yinga charchoq alomatlari bo‘ladi va bugun bu sezildi. Balki qayerdadir, kimnidir o‘zgartirsa ham bo‘lardi. Xatolar ham bo‘ldi. Xavotirli joylar ham bo‘lib turibdi. Buni tushunamiz, barchasini ichimizdan his qilamiz. Ayrim vaziyatlarda yigitlar yaxshiroq harakat qilishsa ham bo‘lardi.

— Yozgi transfer “oynasi” hali yopilmadi. Tarkibga yana futbolchilar jalb etiladimi yoki shu tarkibdan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?
— Yana bir qancha yangi futbolchilarni ko‘rayotgandik. Lekin endi vaqt yetishmasligi va ularning jamoalari bilan shartnomasi borligi sababli, qiyin bo‘lmoqda. Balki yaxshi futbolchi chiqib qolsa, olarmiz. Lekin hozirgi tarkib bilan ham oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarsak bo‘ladi.

— Abdulla Abdullayev qachon jamoaga qo‘shiladi?
— Biz ham uni kutyapmiz. Abdullayev jamoamizga katta kuch bag‘ishlaydi va uning darajasini yaxshi bilamiz. Abdullayev hozir individual tarzda shug‘ullanmoqda. U terma jamoa bilan Portugaliya termasiga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgandi va uning tiklanishi uchun vaqt kerak bo‘lmoqda. Suyagidagi dars ketishning bitishi uchun vaqt kerak ekan. Sekin-sekin Abdullayevni ham tarkibga jalb etamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: fcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:35, 08.08.2026.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик