Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Dekuning mahfiy uchrashuvi: U Rodrini «Real»ga emas, «Barselona»ga o‘tishga qanday ko‘ndirdi?

Dekuning mahfiy uchrashuvi: U Rodrini «Real»ga emas, «Barselona»ga o‘tishga qanday ko‘ndirdi?

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku klubga «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini ko‘ndirishda yordam berdi.

30 yoshli futbolchining Xans-Diter Flik jamoasiga o‘tish qarori yaqinda ma’lum bo‘lgan edi. «Ko‘k-anorranglilar» uchun ispaniyalik futbolchi poygada uzoq vaqt peshqadamlik qilgan Madridning «Real» klubiga rad javobini berdi. Jurnalist Karlos Monforning xabar berishicha, Dekuning Rodri bilan mahfiy uchrashuvi 30 iyul kuniyoq bo‘lib o‘tgan. Suhbat Barselonadagi mehmonxonalardan birida uch soat davom etgan. Portugaliyalik funksioner Jahon chempionini «Barsa»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgan – o‘sha paytda futbolchi «Real» bilan kelishuvga ancha yaqin edi.

Keyinchalik Rodri Kataloniya grandi loyihasidan hayratda ekanini va taklifni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Endi «Barselona»ga transferni «Manchester Siti» bilan kelishib olish qoldi, xolos.

Kiritildi: 09:35, 08.08.2026.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик