«Manchester Yunayted» hujumchi Benyamin Sheshkoning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti.
Sloveniyalik futbolchi bo‘yicha «Tottenxem» tomonidan so‘rov bo‘lgan, biroq «qizil iblislar» darhol rad javobini berishgan, deb xabar beradi TEAMtalk. Shuningdek, 23 yoshli futbolchiga «Bavariya» va «Barselona» ham qiziqish bildirgan, ammo ularning ham urinishlari rad etilgan. Yaqin kelajakda forvard bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
O‘tgan yilning yozida «Manchester Yunayted» Benyamin Sheshkoni «RB Leypsig»dan 76,5 million yevroga sotib olgan edi. Ingliz klubidagi debyut mavsumida mankunianliklar safida 32 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ydi.













