Argentina futbol federasiyasi prezidenti lavozimida ishlayotgan Klaudio Tapia milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skalonining kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz hammamiz Skalonining qolishini xohlaymiz. U biroz tanaffus qilib, o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan qarorni qabul qilishi kerak. Agar unda terma jamoada ishlash ishtiyoqi qolmagan bo‘lsa yoki boshqa jamoadan variant bo‘lsa, uni zanjirlab ushlab tura olmayman. Ammo mening barcha rejalarim Skaloni bilan bog‘liq», — deydi funksionerning so‘zlarini All About Argentina nashri.
Skaloni 2018 yildan beri Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa ikki marta Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi, Jahon chempionati va Finalissima g‘olibiga aylandi.
2026 yilda argentinaliklar mundialning kumush medallarini qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlangach, Skaloni jamoadan ketishi mumkinligini istisno etmagan edi.













