"Manchester Yunayted" va Meksika terma jamoasining sobiq hujumchisi Xavyer Ernandes (Chicharito)ning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland hali ham rivojlanish uchun imkoniyatlarga ega.
Uning fikricha, norvegiyalik yetarlicha tezkor emas va tezligini oshirishi mumkin. Agar bu amalga oshsa, Ernandes deyarli mukammal futbolchiga aylanishiga ishonadi.
"U hali mukammal emas. Tezkor va kuchli o‘yinchilar futbol aql-zakovatiga kamroq tayanadilar, chunki ularga bu unchalik kerak emas", dedi Chicharito Rio Ferdinandning podkastida.
Xoland 2026 yilgi Jahon chempionatida beshta o‘yin o‘tkazdi va yettita gol urdi. Norvegiya o‘zining debyut Jahon chempionatida chorak finalga chiqdi va u yerda bronza medali sohibi Angliyaga yutqazdi.













