«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Xulian Alvaresning kelajagi atrofidagi vaziyatga izoh berdi.
Argentinalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati hujumchi borasida o‘z pozisiyasini allaqachon aniqlab olgan.
«Klub bir qarorga keldi va Migel Anxel Xil Marin buni juda yaxshi tushuntirib berdi. Futbol nuqtai nazaridan, safimizda Xuliandek o‘yinchi borligidan juda xursandmiz va unga yanada o‘sish hamda yaxshilanishda yordam berishda davom etamiz», — dedi Simeone. Uning so‘zlarini Pedro Fulyanaga tayangan holda Fabrisio Romano keltirmoqda.













