Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Makkenni: «Faoliyatimni «Yuventus»da yakunlashni xohlayman»

Makkenni: «Faoliyatimni «Yuventus»da yakunlashni xohlayman»

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni faoliyatini Turin klubida yakunlashni istashini ma’lum qildi. Amerikalik futbolchi, shuningdek, A Seriya favoritlari va o‘zining kumirlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Faoliyatimning oxirigacha «Yuventus»da qolishmi? Bu juda katta sharaf va ushalgan orzu. Bolaligimda Franchesko Totti, ayniqsa uning sadoqati sabab mening kumirim bo‘lgan, ammo Del Pyeroni ham misol qilib keltira olaman. «Yuventus» kabi klubda uzoq vaqt qolish oson emas», dedi futbolchi.

Shuningdek, Makkenni Dushan Vlaxovichga kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelishi uchun xalaqit bermaslik va unga joy ajratish maqsadida xabar yozmaganini ta’kidlab o‘tdi.

Kiritildi: 14:58, 08.08.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик