Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Ekspert «Arsenal»ga Vinisiusga muqobil variantni taklif qildi

Ekspert «Arsenal»ga Vinisiusga muqobil variantni taklif qildi

Baho:
+ | -

talkSPORT eksperti Toni Kaskarino «Arsenal» «Real» bilan yangi shartnoma imzolagan Vinisius Junior o‘rniga «Brayton» vingeri Kaoru Mitomani transfer qilish variantini ko‘rib chiqishi kerak, deb hisoblamoqda.

Avvalroq London klubi braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan edi. Biroq Vinisius payshanba kuni madridliklar bilan yangi olti yillik shartnoma imzoladi.

Endi «Arsenal» chap qanotni kuchaytirish uchun boshqa variantlarni izlamoqda. Kaskarinoning fikricha, Mitoma londonliklar uchun munosib nomzod bo‘lishi mumkin.

«Agar u biroz yoshroq bo‘lganida va shuncha ko‘p jarohat olmaganida, uni jiddiy ravishda ko‘rib chiqardim. U juda xavfli vinger va raqiblarini birga-bir vaziyatda aldashga doimo intiladi», — dedi Kaskarino.

Mitoma 2021 yildan buyon «Brayton» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yaponiyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda APLda 10 ta gol urgan bo‘lsa, so‘nggi mavsumda bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil etdi. U may oyida son orti mushaklaridan jarohat olgani sababli Yaponiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilmadi.

talkSPORT efirida «Arsenal»ga Markus Reshfordni olib kelish ehtimoli ham muhokama qilindi. Biroq Kaskarino angliyalik hujumchining o‘yinida barqarorlik yetishmasligi sababli uning «Arsenal»ga o‘tishi qanchalik maqsadga muvofiq ekaniga shubha bildirdi.

Kiritildi: 17:51, 08.08.2026.
O'qildi: 1207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик