Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA Infantinoga nisbatan keng ko‘lamli tergov o‘tkazish haqida o‘ylab qoldi

UYEFA Infantinoga nisbatan keng ko‘lamli tergov o‘tkazish haqida o‘ylab qoldi

Baho:
+ | -

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning tashkilotdagi 16 yillik faoliyati yuzasidan to‘liq surishtiruv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. Bunga Infantinoning UEFA xodimasi bilan taxmin qilingan munosabatlari haqida avvalroq paydo bo‘lgan ma’lumotlar sabab bo‘lgan. Nashr manbalariga ko‘ra, ismi oshkor qilinmagan ayol ushbu munosabatlar davrida maoshi oshirilgan holda lavozimda ko‘tarilgan, tashkilotni tark etganidan keyin esa unga ortiqcha olti xonali summa to‘lab berilgan.

UEFA rahbarlari to‘lov shart-sharoitlarini aniqlashtirish, shuningdek, Infantinoning taxminiy munosabatlari tashkilot rahbariyatining qarorlariga ta’sir ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganini aniqlamoqchi. Bundan tashqari, uning 2000 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrdagi butun faoliyatini tekshirish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: 06:42, 09.08.2026.
O'qildi: 666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик