«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasi qanday o‘yin ko‘rsatishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunida ushbu lavozimni egallagan edi. Uning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
«Biz o‘z yondashuvimizda variativ (har xil) bo‘lishni xohlaymiz. Tarkibimizda turli taktik sxemalarga moslasha oladigan futbolchilar bor. Asosiy tamoyillar o‘zgarishsiz qoladi, ammo harakatlar o‘zgarishi mumkin — biz raqiblar uchun kutilmagan va egiluvchan bo‘lishimiz kerak. Bitta g‘oyaga yopishib olish niyatimiz yo‘q. Variantlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamoamiz shunchalik yaxshilanadi», — dedi Alonso matbuot anjumanida.
Shanba kuni londonliklar o‘rtoqlik o‘yinida «Milan»ni mag‘lub etishdi (3:0), bugun esa «Djoxor Darul Takzim»ga qarshi maydonga tushishadi.













