«Chelsi» darvozaboni Filip Yorgensen «Strasbur»da faoliyatini davom ettiradi.
Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya klubi 23 yoshli golkiperni sotib olish huquqisiz ijaraga oladi. Klublar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Strasbur» va «Chelsi» bir egasiga tegishli. Ikki klub ham amerikalik BlueCo konsorsiumi tasarrufida.













