Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Barkola transferi bo‘yicha optimistik kayfiyatda

«Liverpul» Barkola transferi bo‘yicha optimistik kayfiyatda

Baho:
+ | -

«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolani tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar muzokaralardagi o‘z pozisiyasiga ishonch bilan qaramoqda.

«Liverpul» 23 yoshli fransuz futbolchisining transfer qiymatini 100 million yevro atrofida baholamoqda. «PSJ» esa avvalroq Fransiya terma jamoasi a’zosiga ancha yuqori narx belgilagan edi.

Biroq Jeykobsning fikricha, transfer oynasi yopilishiga yaqinlashgan sari ikki klubning futbolchi qiymati borasidagi qarashlari o‘rtasidagi farq qisqarishi mumkin. Ayniqsa, «PSJ» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni tarkibiga qo‘shsa, vaziyat o‘zgarishi ehtimol.

«Agar Torres «PSJ»ga kelsa, menimcha, 170 million yevro atrofidagi narx 20–30 million yevroga tushishi mumkin.

«Liverpul»ning boshlang‘ich taklifi esa 100 million yevro atrofida. Bu summa ham yana 10–15 million yevroga oshishi mumkin. Shuning uchun hozir katta bo‘lib ko‘rinayotgan narxlar o‘rtasidagi farq avgust oyi davomida avvalgidek qolmasligi mumkin. Shu sababli «Liverpul» Barkola transferi amalga oshishiga umid qilmoqda», — dedi Jeykobs.

Qayd etilishicha, «Liverpul» Barkolani tarkibiga qo‘shishdan manfaatdor, futbolchining o‘zi ham mersisaydliklar safiga o‘tishga qarshi emas. Tomonlar o‘rtasida shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishda muammo bo‘lishi kutilmayapti.

Kiritildi: 17:53, 09.08.2026.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик