Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani Musiala va Devisdan yangi mavsumda katta natijalar kutmoqda

Kompani Musiala va Devisdan yangi mavsumda katta natijalar kutmoqda

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Jamal Musiala va Alfonso Devis yangi mavsumda jamoaga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Har ikki futbolchi o‘tgan mavsumda jarohatlar sabab qiyin davrni boshdan kechirdi. Musiala og‘ir jarohatdan keyin avvalgi o‘yin ritmini to‘liq tiklay olmagan bo‘lsa, Devis ham xoch boylami jarohatidan keyin turli muammolar tufayli bir necha bor safdan chiqdi.

Kompani esa futbolchilar atrofidagi shubhalarga qo‘shilmasligini ta’kidladi.

«Menimcha, vaziyat boshqacha tus olishi mumkin deb hisoblayotganlar juda ko‘p. Ammo bunday yuqori darajadagi futbolchilar qiyinchiliklardan motivasiya ola bilishini yaxshi bilaman.

Men yigitlarimiz shunday mavsum o‘tkazishini kutyapmanki, bu bizga yanada kuchli bo‘lish imkonini beradi», — dedi Kompani klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Belgiyalik murabbiy jamoaning qolgan a’zolaridan ham yuqori talablarni kutmoqda.

«Barcha raqiblarimiz g‘alabaga chanqoq. Bizda hech qanday manmanlikka o‘rin yo‘q. O‘tgan mavsumda nima bo‘lgani endi ahamiyatsiz.

O‘tgan mavsumda nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu mavsum siz uchun eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Bizdagi mentalitet ham shunday bo‘lishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi Kompani.

Kiritildi: 18:33, 09.08.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик