Collectif Ultras Paris guruhi vakili bo‘lgan "PSJ" ultraslari, parijliklar "Lans" bilan o‘ynaydigan Fransiya Superkubogini boykot qilishga qaror qilishdi.
O‘yin 16 avgust, yakshanba kuni Lansdagi Stade "Bollart-Delelis" stadionida bo‘lib o‘tadi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, Collectif Ultras Paris (CUP) o‘yinda "PSJ" futbolchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun Lansga bormaydi.
Muxlislarning asosiy guruhi o‘yin neytral hududda o‘tkazilmayotgani va stadionda o‘rindiqlar adolatli taqsimlanmaganiga norozilik bildirmoqda.
"PSJ" "Marsel"ni (2-2, penaltilar seriyasida 4-1) mag‘lub etgan avvalgi Superkubok 2026 yil 8 yanvarda Quvaytda bo‘lib o‘tgan edi.













