Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus transferi bo‘yicha London klubi bilan aloqalarni qayta tikladi. Bu haqda Fanatik xabar berdi.
Istanbulliklar yangi Superliga mavsumi oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Beshiktosh» rahbariyati braziliyalik futbolchining vakillari bilan dastlabki rasmiy muzokaralarni boshlagan.
Turkiya klubi avvalroq «Arsenal»dan belgiyalik vinger Leandro Trossarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Endi «Beshiktosh» London klubidan yana bir futbolchini transfer qilishga harakat qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Arsenal» 29 yoshli Jezusni 18–25 mln funt sterling oralig‘idagi summaga sotishga tayyor.
Biroq braziliyalik hujumchiga talab yuqori. Uning transferiga Italiyaning «Milan» va «Yuventus» klublari, shuningdek, Braziliyaning «Palmeyras» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.













