Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta «Arsenal» futbolchilarining jamoaga qaytish sanasini ma’lum qildi

Arteta «Arsenal» futbolchilarining jamoaga qaytish sanasini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Borussiya» Dortmundga qarshi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida ma’lumot berdi.

Ispaniyalik murabbiy jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarning jamoaga qaytishi borasida ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, Angliya va Ispaniya terma jamoalari futbolchilarining ayrimlari o‘yinni kuzatish uchun bugun jamoa ixtiyoriga qaytgan.

Arteta Bukayo Saka va David Rayya jamoaga rejadan bir kun oldin — kecha qo‘shilganini ta’kidladi.

«Bu juda yaxshi belgi. Saka va Rayya kecha qaytishdi, ya’ni rejalashtirilganidan biroz ertaroq. Bu juda yaxshi», — dedi Arteta.

«Arsenal» bosh murabbiyi barcha futbolchilar ertaga to‘liq mashg‘ulot dasturini boshlash uchun ixtiyorida bo‘lishini ma’lum qildi.

«Ertaga barcha futbolchilar mashg‘ulot dasturini boshlash uchun mavjud bo‘ladi», — dedi u.

Kiritildi: 21:20, 09.08.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик