Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: «Liverpul» Arauxoni transfer qildi, barcha hujjatlar imzolandi

Fabrisio Romano: «Liverpul» Arauxoni transfer qildi, barcha hujjatlar imzolandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxoni o‘z safiga qo‘shib oldi. Endi mersisaydliklar urugvaylik futbolchini yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirishi kutilmoqda.

Transferlar bo‘yicha mashhur insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Liverpul» va «Barselona» Arauxo transferi bo‘yicha barcha hujjatlarni almashgan va kelishuvga tegishli hujjatlar imzolangan.

«"Liverpul" va "Barselona" Ronald Arauxo transferi bo‘yicha barcha hujjatlarni almashdi. Hammasi imzolandi va Arauxo tez orada "Liverpul"ning yangi himoyachisi sifatida tanishtiriladi», — deb yozdi Romano.

Insayder ushbu transferni «eksklyuziv xabar, tasdiqlangan» deya ta’riflagan.

Shu tariqa, urugvaylik markaziy himoyachi «Liverpul»ning yozgi transferlaridagi navbatdagi yangi futbolchiga aylanmoqda. Klub transferni rasman e’lon qilishi yaqin vaqt ichida kutilmoqda.

Kiritildi: 12:31, 10.08.2026.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик