Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ»ning 18 yoshli yarim himoyachisi yangi mavsum oldidan maqsadlarini ma’lum qildi

«PSJ»ning 18 yoshli yarim himoyachisi yangi mavsum oldidan maqsadlarini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Dro Fernandes jamoa safidagi ikkinchi mavsumi oldidan o‘z maqsadlari haqida gapirdi.

18 yoshli futbolchi 2026 yil yanvar oyida «Barselona»dan Fransiya chempioni tarkibiga ko‘chib o‘tgan. Fernandes yangi mavsumda o‘z o‘yinini yanada yaxshilashni maqsad qilgan.

«O‘zimni yaxshi his qildim, o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi. Umid qilamanki, yaxshi mavsum o‘tkazishda davom etaman», — dedi futbolchi L’Equipe nashriga bergan intervyusida.

Fernandes «PSJ»ning mavsumoldi yig‘ini doirasidagi hozirga qadar o‘tkazilgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvining ikkalasida ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda bitta golli uzatma amalga oshirdi.

«PSJ» argentinalik futbolchi bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Fernandes o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Shulardan 7 tasida u asosiy tarkibda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:33, 10.08.2026.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик