Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Nyukasl» va «Aston Villa» «Bavariya»dan Palinya bo‘yicha ma’lumot so‘radi

«Nyukasl» va «Aston Villa» «Bavariya»dan Palinya bo‘yicha ma’lumot so‘radi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» hamda «Aston Villa» klublari «Bavariya»ning tajribali yarim himoyachisi Joau Palinya bo‘yicha so‘rov yubordi.

Myunxenliklar 31 yoshli portugaliyalik xavbekning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishga to‘liq ochiq. Avvalroq «Bavariya» sport direktori Maks Eberl ham Palinya, Boe va Saragosaning jamoani tark etishi ma’qul ekanini bildirgan edi. Shuningdek, futbolchiga Portugaliyaning «Benfika» klubi ham jiddiy qiziqish bildirib, 30 million yevro atrofidagi taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Palinya o‘tgan mavsumni ijara asosida Londonning «Tottenxem» klubida o‘tkazib, barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushdi, 7 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

«Nyukasl» o‘tgan APL mavsumini 12-o‘rinda yakunlagan va yangi mavsumni 23 avgust kuni «Liverpul»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

«Aston Villa» esa APLda 4-o‘rinni egallash bilan birga Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi. Unai Emeri shogirdlari yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 12 avgust kuni UYEFA Superkubogi doirasida «PSJ»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:29, 10.08.2026.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик