Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maldini Mottaning Italiya terma jamoasiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilganini rad etdi

Maldini Mottaning Italiya terma jamoasiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilganini rad etdi

Baho:
+ | -

Italiya futbol federasiyasining (FIGC) sobiq texnik direktori Paolo Maldini milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun ko‘rib chiqilgan boshqa nomzodlar haqida gapirib berdi.

Eslatib o‘tamiz, federasiya Andrea Pirlo nomzodidan voz kechgach, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida Roberto Manchini tayinlangan edi. Maldini shuningdek, Pep Gvardiola bilan ham muzokaralar olib borilgani haqida xabar bergan edi.

«Pirlodan tashqari boshqa nomzodlar ham bor edi: Daniele De Rossi va Fabio Grosso. Uchta jahon chempioni. Ammo prezident [FIGC prezidenti Malago] o‘z sayloviga sabab bo‘lgan kelishuvlarga ko‘ra, «Lasio»dan tashqari siyosiy jihatdan barcha klublar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani bois, Seriya A jamoalarining amaldagi murabbiylariga tega olmasligimizni aytdi. Shu sababli De Rossi va Grosso nomzodi chiqarib tashlandi.

Ammo men buni tushunaman. Iyul oyi oxirida jamoalar allaqachon mavsumga tayyorgarlik yig‘inida bo‘ladi, jarayon o‘rtasida nimanidir o‘zgartirish murakkab. Malago bizga buning imkoni yo‘qligini aytdi va biz Pirlo variantida to‘xtadik. Tyago Motta? Yo‘q, nomzodlar faqat shular edi», — deydi Maldini.

Kiritildi: 15:30, 10.08.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик