Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Ouen «Liverpul»ning Barkolyaga qiziqishi haqida: «Juda ko‘p to‘lashga to‘g‘ri keladi»

Ouen «Liverpul»ning Barkolyaga qiziqishi haqida: «Juda ko‘p to‘lashga to‘g‘ri keladi»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen Bredli Barkolyaning mumkin bo‘lgan transferi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Mersisaydliklar «PSJ» vingeri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgani va futbolchi uchun 115 million yevro atrofida taklif qilishga tayyorliklari haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo parijliklar yosh futbolchini 150 million yevrodan ortiqroqqa baholashmoqda.

«U, shubhasiz, juda yaxshi o‘yinchi, lekin u uchun juda katta mablag‘ to‘lashga to‘g‘ri keladi. Klub ushbu bitimni har qanday evaziga yakunlashi shart deb o‘ylamayman. Dunyoda boshqa ajoyib futbolchilar ham bor.

Bilasizmi, agar bir necha oy oldin «Liverpul» o‘rnida bo‘lganimda nima qilgan bo‘lardim? Men Jerrod Bouenni sotib olish uchun bor imkoniyatimni ishga solardim. Uning «Vest Xem» bilan Chempionshipda o‘ynashni juda xohlayotganiga ishonish qiyin. Lekin hozirgi holat shundayga o‘xshaydi. Bu Salaxning o‘rnini bosish uchun juda yaxshi qadam bo‘lishi mumkin edi.

Barkolya — oliy darajadagi futbolchi, ammo u juda qimmatga tushadi. Albatta, dunyo bo‘ylab boshqa ajoyib o‘yinchilar ham topiladi. Ko‘rinib turibdiki, jamoaga iqtidorli qanot futbolchilari suv va havodek zarur. Bunday o‘yinchilarni topish doim ham oson kechmaydi. Agar u ochiq transferda bo‘lsa va yuqori narxini hisobga olmasak, bitimni amalga oshirish oson bo‘lsa, ha, «Liverpul» uni qo‘lga kiritishga harakat qilishini tushunishim mumkin», — deydi Ouen.

Kiritildi: 15:51, 10.08.2026.
O'qildi: 1428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик