Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvaxal Vinisiusga futbolka sovg‘a qildi

Karvaxal Vinisiusga futbolka sovg‘a qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq sardori Daniel Karvaxal jamoa vingeri Vinisius Juniorga futbolka sovg‘a qildi. U futbolkaga futbolchiga atab o‘z xati hamni qoldirgan.

Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida ushbu futbolkaning suratini joylashtirib, unga «Afsona» deb izoh qoldirdi.

«Vini, do‘stim. Senga nisbatan alohida mehr-muhabbat his qilaman. Har doimgidek, maydonda bor kuchingni berasan, boringni ishga solasan va qo‘lingdan kelgan barcha ishni qilasan. Sen eng yaxshisan», — deb yozgan Karvaxal futbolkaga.

Vinisius 2018 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi madridliklar safiga Braziliyaning «Flamengo» klubidan 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

O‘tgan mavsumda u «Real» tarkibida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 14 ta golli uzatma amalga oshirgan.

6 avgust kuni madridliklar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma 2032 yilga qadar uzaytirilganini ma’lum qilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:15, 10.08.2026.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик