Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arauxo: «Suaresdan xabar oldim»

Arauxo: «Suaresdan xabar oldim»

Baho:
+ | -

«Barselona»dan ijaraga olingan «Liverpul» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo o‘z vatandoshi Luis Suares haqida fikr bildirdi.

Mashhur hujumchi mersisaydliklar klubi tarixidagi birinchi urugvaylik futbolchiga aylangan edi — u 2011 yilning boshida jamoaga kelib qo‘shilgan.

«Urugvayda Premyer-ligani tomosha qilishni juda yaxshi ko‘rishadi. Albatta, bolaligimda Suaresning «Liverpul»dagi ajoyib o‘yinlarini kuzatib borganman. Bu yerda u qanday muvaffaqiyatlarga erishganini va tarixda qanday iz qoldirganini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Luis bilan munosabatlarim yaxshi, juda inoqmiz. Yaqindagina undan xabar oldim — u menga eng ezgu tilaklarini bildirdi va ajoyib klubga o‘tganimni aytdi», — deydi Arauxoning so‘zlarini keltirgan «Liverpul» matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Luis Suares «Barselona»ga o‘tgan edi, hozirda esa u «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 14:42, 11.08.2026.
O'qildi: 396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик