Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» hujumchi bilan xayrlashishga qaror qildi

«Yuventus» hujumchi bilan xayrlashishga qaror qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» napadayushiysi Arkadiush Milik ushbu transfer oynasida jamoada qolishi amrimahol.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, Turin klubi polshalik futbolchini sotish ustida ishlamoqda. 32 yoshli futbolchi «keksa sinyora» bosh murabbiyi Luchano Spallettining rejalaridan o‘rin olmagan, garchi yaqinda Italiya OAVlari murabbiy hujumchiga imkoniyat berishga tayyorligi haqida yozgan bo‘lsa-da.

Arkadiush Milikning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Doimiy jarohat muammolari sababli futbolchi o‘tgan mavsumda bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi, undan oldingi kampaniyada esa umuman maydonda ko‘rinish bermagan edi.

Kiritildi: 14:47, 11.08.2026.
O'qildi: 411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик