«Parma»ning yaponiyalik posboni Zion Suzuki yaqin orada Fransiyaning «PSJ» klubi a’zosiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar bitimni to‘liq kelishib olishgan. 23 yoshli darvozabonning transferi Fransiya chempioniga 35 million yevroga tushadi.
Parijliklar muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun Suzukini darhol ijaraga berishni rejalashtirishmoqda. Futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida «Yuventus» ko‘rilmoqda.
O‘tgan mavsumda Suzuki barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













