«Udineze» himoyachisi Tomas Kristensen «Atalanta»ga o‘tmoqda.
Bergamo klubi daniyalik futbolchini keyinchalik 22+5 million yevroga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
O‘tgan mavsumda Kristensen A Seriyada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.













