Bugun, 11 avgust kuni «Dinamo» jamoasi Charxin qo‘rg‘onida Birinchi liga vakili «Azur» jamoasiga qarshi nazorat bahsini o‘tkazdi.
Vadim Abramov va Andrey Pyatniskiy murabbiyligidagi jamoalar to‘qnashuvida «dinamochilar» aralash tarkibda to‘p surishdi. Bahsda Ulug‘bek Abdullayev va Akbar Xudoyberdiyevning goli "Dinamo" g‘alaba keltirdi. Raqiblar safidan golga Bakir Saidov mualliflik qildi – 2:1.
Uchrashuv 30 daqiqadan davom etdi va o‘yindan keyin jamoamizning asosiy tarkibi mashg‘ulotga kirishdi.
Nazorat uchrashuvi. 11 avgust
«Dinamo» - «Azur» - 2:1
Gollar: Ulug‘bek Abdullayev, Akbar Xudoyberdiyev – Bakir Saidov.













