Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Metallurg» Ilhom Mo‘minjonovni iste’foga chiqardi

«Metallurg» Ilhom Mo‘minjonovni iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

Bekobodning «Metallurg» klubi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov iste’fo berishga qaror qildi.

Sir emaski, mavsum startidan avval jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Biroq birinchi davra davomida bir nechta o‘yinlarda alamli tarzda ochkolarni qo‘ldan chiqargan «Metallurg» yetakchilar qatoridan tushib, jadvalda bir nechta pog‘ona pastlab ketdi.

Kuni kecha chempionatning 14-turi doirasida jamoamiz Bekobodda Farg‘onaning «Yaypan» klubini qabul qildi va hisobda oldinga borayotganiga qaramay, g‘alaba va qimmatli ochkolarni qo‘ldan boy berdi.

O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov rahbariyatdan iste’fo so‘radi. Yuzaga kelgan vaziyat, murabbiyning so‘rovi va barcha detallarni inobatga olgan holda klub rahbariyati murabbiy arizasini qabul qildi.

Ma’lumot uchun, Ilhom Mo‘minjonov qo‘l ostida chempionat doirasida 14 ta uchrashuv o‘tkazgan «Metallurg» 6 bor g‘alaba qozondi va 4 tadan durang hamda mag‘lubiyat qayd etdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 19:25, 11.08.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик