"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero haqida fikr bildirdi.
"Atletiko Madrid" argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnomalar bo‘yicha kelishib oldi va Madridning "Tottenxem" bilan transfer muzokaralari yakunlanmoqda. Shunga qaramay, Skoulz "Manchester Yunayted" 28 yoshli himoyachi uchun taklif qilishi kerak deb hisoblaydi.
"Men uning aqldan ozgan odam ekanligini bilaman. Uning intizomiy muammolari borligini bilaman. Lekin menimcha, u juda yaxshi markaziy himoyachi bo‘lishi mumkin va Maykl Kerrik kabi kimdir uni tinchlantirishi mumkin", dedi Skoulz.
"Biz 30-40 million funt sterling haqida gapiryapmiz. Bu markaziy himoyachi pozisiyasida o‘ynagan va Jahon chempionatida g‘olib chiqqan futbolchi" - dedi Skoulz.
O‘tgan mavsumda Romero Premyer-liganing 23 ta o‘yinida ikkita qizil kartochka, shuningdek, 10 ta sariq kartochka oldi.













