Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Superliga. "Navbahor" - "Bunyodkor". Prevyu

Superliga. "Navbahor" - "Bunyodkor". Prevyu

Baho:
+ | -

"Navbahor" O‘zbekiston Superligasi 17-turi doirasida o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 41 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 23 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Sakkizta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 75:44, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 77 ochko, “Navbahor” esa 38 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu klublarning o‘zaro bellashuvlaridagi eng yirik hisoblar 2009 va 2023 yillarda kuzatilgan.2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 2023 yili “lochinlar” poytaxtimizdan 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi.

Mazkur jamoalar ishtirokidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan 20 ta o‘yinning 8 tasida mezbonlar, yana 8 tasida esa mehmonlar zafar quchishgan. To‘rtta uchrashuvda esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 30:24, “Bunyodkor” foydasiga.

Kiritildi: 14:36, 12.08.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик