Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Markinyos: «Luis Enrike — bu o‘z fikrini o‘yinchilarga yetkaza oladigan murabbiy»

Markinyos: «Luis Enrike — bu o‘z fikrini o‘yinchilarga yetkaza oladigan murabbiy»

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Markinyos yangi mavsumdan kutilayotgan umidlar bilan o‘rtoqlashdi va bosh murabbiy Luis Enrike qo‘l ostidagi ish haqida fikr bildirdi.

«Biz qanchalik qiyin bo‘lishini bilamiz. Oxirgi mavsumlarda sovrinlarni qo‘lga kiritganimiz hamma narsa oson kechadi degani emas. Oldinda ko‘plab to‘siqlar bo‘lishini tushunib turibmiz. Biz g‘alabalarga tashnamiz va zafar quchishni xohlaymiz. Har bir sovrin — bu yangi imkoniyat. Shaxsan men yanada kattaroq yutuqlarni xohlayman va jamoadagi har bir o‘yinchi xuddi shunday kayfiyatda. Ushbu paytga optimal formada yetib kelish uchun hammamiz mehnat qildik. Jamoa g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qiladi.

Luis Enrike energiyaga to‘la. Bu o‘z fikrini o‘yinchilarga yetkaza oladigan murabbiy. Va bu fikr juda ambisiyali — mavsum davomida har bir futbolchi jamoaga kerak bo‘ladi, har kimning o‘z fursati keladi. U mavsum boshida eng yaxshi formamizda bo‘la olmasligimizni tushunadi — buning uchun vaqt kerak. U hech qachon taslim bo‘lmaydi va o‘ziga bo‘shashishga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘lga kiritilgan sovrinlar endi o‘tmishda qoldi, biz esa yangilarini yutishni xohlaymiz. Uning murojaati mazmuni aynan shundan iborat», — deyiladi Markinyosning UEFA saytida keltirilgan so‘zlarida.

Chorshanba kuni «PSJ» UEFA Superkubogi uchun kechadigan bahsda «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:58, 12.08.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик