Roberto Martines — Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqining milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun muzokara olib borilgan yagona ispaniyalik mutaxassis emas, deb yozadi De Telegraaf.
Avvalroq rahbariyat Peter Bos, Arne Slot va boshqa nomzodlar bilan kelisha olmaganidan so‘ng, Portugaliya hamda Belgiya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi bilan bog‘langani ma’lum bo‘lgandi.
Qayd etilishicha, muzokaralar «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi bilan ham olib borilgan.
Hozircha Xavi Niderlandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadimi-yo‘qmi, aniq emas. Biroq xabarlarga ko‘ra, Ronald Kumanning o‘rniga keladigan mutaxassis borasidagi qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi.













