Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Zlatko Dalich BAA milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Zlatko Dalich BAA milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Xorvatiya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Zlatko Dalich BAA terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Amirliklarning WAM axborot agentligi xabar berdi.

«BAA Futbol federasiyasi xorvatiyalik murabbiy Zlatko Dalich bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. U Ruminiyalik Kosmin Oleroyu o‘rnini egallab, mamlakatning asosiy milliy jamoasini boshqaradi», — deyiladi bayonotda.

Dalich avval ham BAA futbolida faoliyat yuritgan. U 2014 yildan 2017 yilgacha mamlakatning eng sovrindor klubi — «Al-Ayn»ni boshqargan.

Dalich 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng Xorvatiya milliy jamoasini tark etgan. O‘shanda xorvatlar 1/16 finalda Portugaliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 03:25, 13.08.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик